Ronaldudan so‘ng, endi Messi okean ortida yarim finalda o‘ynaydi (video)

Sport

image

AQSHning “Inter Mayami” klubi Qo‘shma Shtatlar va Meksika jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Liga Kuboki musobaqasining yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Lionel Messi to‘p suradigan Mayamining “Inter” jamoasi kecha, 21 avgust kuni Florida shtatida joylashgan “Cheys Stedium” arenasida chorak final bahsida Meksikaning “Tigres” klubiga qarshi bahs olib bordi. 

Messi ishtirok etmagan o‘yinda “Inter Mayami” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 2 ta penaltini golga aylantirgan Luis Suares jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi. “Tigres”ning yagona goliga Anxel Korrea mualliflik qildi. 

Argentinalik futbol yulduzi o‘yinni maydon tashqarisidan to‘liq kuzatib bordi va g‘alabadan so‘ng o‘z xursandchiligini yashirib o‘tirmadi. 

Endi “Inter Mayami” 28 avgust kuni yarim final uchrashuvida Floridaning boshqa bir klubi – “Orlando Siti”ga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Messining azaliy raqibi bo‘lgan portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ham bundan bir necha kun oldin “Al-Nasr” tarkibida Saudiya Arabistoni Kuboki doirasida yarim finalda maydonga tushib, “Al-Ittixad”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Nodir Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Lionel Messi Krishtianu Ronaldu Meksika Luis Suares Inter Mayami Cheys Stedium Al'-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing