Ronaldu otasidan ayrilgan Messiga hamdardlik bildirdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi sardori va hujumchisi Krishtianu Ronaldu otasi Xorxe Messidan ayrilgan argentinalik yulduz Lionel Messiga o‘z hamdardligini bildirdi.

Xorxe Messi joriy yilning 7 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da Rosario shifoxonasida hayotdan ko‘z yumgandi. U 68 yoshda edi. Dafn marosimi 9 avgust kuni yopiq formatda bo‘lib o‘tdi. OAV Jahon chempionati vaqtida Messining otasi og‘ir xasta ekani haqida xabar bergan edi. Bugun, 12 avgust kuni Messi o‘zining Instagram sahifasida otasiga bag‘ishlangan xayrlashuv postini joylashtirdi.

“Ushbu og‘ir damda senga va oilangga sabr tilayman, Leo. Bardam bo‘l”, deb yozdi Ronaldu Messining posti izohiga.

Ma’lumot uchun, Messi va Ronaldu futbol tarixida oltita Jahon chempionatida maydonga tushgan kam sonli futbolchilar hisoblanadi. Messi “Oltin to‘p”lar soni bo‘yicha rekordchi (8 ta), Ronalduga esa ikkinchi natija (5 ta) tegishli.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing