Ronaldu Messi bilan bir ligada o‘ynashi mumkin
Sport
−
04 fevral 5286 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini MLS’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Ronalduning agenti allaqachon MLS klublaridan rasmiy so‘rovlar olgan va agar futbolchi “Al-Nasr”ni tark etishga qaror qilsa, muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
40 yoshli hujumchi faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda va xorijiy ligalardan takliflarni qabul qilishga tayyor. Ta’kidlanishicha, tez orada sport va tashkiliy omillarga asoslangan yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi “Al-Nasr” loyihaning kelajakdagi rivojlanishi va jamoaning sport istiqbollari bo‘yicha aniq kafolatlar yo‘qligi sababli ham klubdan ketishni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Ronalduning azaliy raqobatchisi Lionel Messi 2023 yildan beri MLS’da faoliyat yuritmoqda. Agar Ronaldu Shimoliy Amerika ligasiga o‘tishga qaror qilsa, futbol muxlislari yana ikki jahon yulduzi o‘rtasidagi raqobatga guvoh bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu klub rahbariyati bilan mojaro tufayli “Al-Nasr”ning o‘yinlari va mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani va Saudiya Arabistonini tark etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi