Ronaldu mashhur Ispaniya klubining xo‘jayiniga aylanishi mumkin
Sport
−
26 fevral
11777Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning “Valensiya” klubi asosiy aksiyadoriga aylanishi mumkin. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klubning hozirgi egasi, futbolchining yaqin do‘sti, shuningdek, bir qancha kompaniyalarda hamkor va portugaliyalik futbolchining imidj huquqi egasi bo‘lgan Piter Lim klub aksiyalarini Ronalduga sotish niyatida.
Qayd etilishicha, Lim ushbu mavsum oxirigacha aksiyalarni sotishni yakunlamoqchi, Ronalduning o‘zi esa jamoani sotib olishdan manfaatdor. Bundan tashqari, xarajatlarning bir qismi qirollik oilasiga aloqador Saudiya investitsiya fondlari tomonidan qoplanishi mumkin.
Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

