Ronaldu “Al-Nasr” bilan Elit CHLni yirik mag‘lubiyat bilan boshladi
Sport
−
10:51 572 2 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi kecha, 15 sentyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi birinchi bosqichi doirasida safarda BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Al-Ayn” safida Hussin Rahimi 25 va 63-daqiqalarda ikki marta gol urdi. Yana bir marokashlik hujumchi Sufyan Rahimi 72-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvga 85-daqiqada grek hujumchisi Georgios Yakumakis nuqta qo‘ydi.
Mehmonlar safida Krishtianu Ronaldu uchrashuvni dastlabki daqiqalardan boshlab, sardorlik bog‘ichi bilan to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Ushbu g‘alaba orqali “Al-Ayn” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga G‘arbiy konferensiya turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Al-Nasr” esa ayni paytda 16-pog‘onada bormoqda.
Keyingi turda “Al-Ayn” safarda Iroqning “Al-Quva” jamoasi bilan bahs olib boradi. “Al-Nasr” esa o‘z maydonida O‘zbekistonning “Neftchi” klubini qabul qiladi. Har ikki uchrashuv joriy yilning 12 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Elite Osiyo Chempionlar ligasi dastlabki turida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Toshkentning “Paxtakor” klubi esa safarda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Jidda shahrida o‘tkazilgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Live
BarchasiRonaldu “Al-Nasr” klubini sotib olmoqchi
15 sentabr