Ronaldu 6 ta jahon chempionatida gol urib, tarixiy rekord o‘rnatdi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 6 ta jahon chempionatining har birida gol urdi va bu natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston bilan o‘yinda hisobni ochdi va ko‘p o‘tmay dubl qayd etdi. Bu Ronaldu uchun ushbu jahon chempionatidagi ilk gol bo‘ldi va shu bilan Jahon chempionatida yangi rekord o‘rnatib qo‘ydi.

Bugungi kunda uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi sanaladi. U Argentina milliy jamoasi safida 5 ta mundialda gol urgan.

Shunday qilib, Ronaldu 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yillarda gol urgan ilk futbolchi bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi to‘p surdi va 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv hisobini 6-daqiqada Krishtianu Ronaldu ochdi. 39-daqiqada esa Ronaldu o‘zining ikkinchi golini urib, dubl muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing