Roberto Karlos islom dinini qabul qilganini rad etdi

Sport

image

Avvalroq, Braziliya futboli afsonasi Roberto Karlosning islom dinini qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Biroq sobiq futbolchi bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Karlos “Okaz” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Roberto Karlos Saudiya nashriga bergan intervyusida Islom dinini hurmat qilishini ta’kidladi.

“Men Islom dinini juda hurmat qilaman. Ayolimning namoz o‘qiyotganini ko‘rish juda chiroyli. Ammo men Islomni qabul qilganim haqida tarqalayotgan mish-mishlar haqiqat emas”,  deydi braziliyalik afsona.

Karlos nikoh marosimi bir nechta diniy an’ana asosida o‘tkazilganini ham tushuntirgan. Uning oilasi katolik bo‘lgani sababli ular uchun mos marosim o‘tkazilgan. Ayoli va uning musulmon do‘stlari uchun esa Islom an’analariga mos marosim tashkil etilgan.

Aynan nikohdagi ushbu holat Roberto Karlos islom dinini qabul qilgani haqidagi mish-mishlarning yanada keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya parlamenti deputati Ali Shohin Braziliya musulmonlar jamoasi vakili Shayx Jihod Hammadega tayanib, Karlos islom dinini qabul qilgani haqida xabar bergan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing