Rizo Pahlaviy Erondagi hukumatni ag‘darmoqchi

Olam

image
Eron malikasi yahudiy tadbirkorga turmushga chiqdi. Eronliklar qanday munosabatda? north_east

Eron malikasi yahudiy tadbirkorga turmushga chiqdi. Eronliklar qanday munosabatda?

Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li Rizo Pahlaviy Isroil tomonidan Eron hududiga uyushtirilgan zarbalarga munosabat bildirar ekan, xalqaro hamjamiyatni Erondagi hokimiyatni ag‘darishda mamlakat xalqiga ko‘mak berishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 13 iyun kuni o‘zining X’dagi sahifasida yozdi.

“Eron bilan bog‘liq hozirgi inqirozning yagona yechimi mavjud: Eron va butun dunyoni garovda ushlab turgan rejimni ag‘darishda eronliklarga yordam berish”, deb yozdi u.

Pahlaviy Islom Respublikasini milliy boyliklarni talon-toroj qilishda, yadroviy dastur uchun mablag‘ sarflab, mamlakatni urush yoqasiga olib kelishda aybladi. Uning aytishicha, Eron hukumati “muzokaralar olib borish uchun ishonchli hamkor emas” va unga haqiqiy muqobil – bu tinchlikni, urushsiz xavfsiz kelajakni istovchi Eron xalqidir.

U xalqaro hamjamiyatni Eronga nisbatan maksimal bosim, jumladan, sanksiyalarni tiklash orqali javob qaytarishga va “rejimga qarshi mardonavor kurashayotgan Eron xalqini qo‘llab-quvvatlashga” chaqirgan.

Shu bilan birga, kecha, 13 iyun kuni Isroilning Diasporalar ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Shikli X’dagi sahifasida Eronning so‘nggi shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy bilan tushgan suratini joylashtirdi va Pahlaviyning Tehronga borishiga ishora qildi.

“Tez orada Tehronda”, deya izoh qoldirgan u surat ostida.

Ma’lumot uchun, Pahlaviylar sulolasi Eronni 1925 yildan 1979 yilgacha boshqargan. Sulola asoschisi – Rizo Shoh Pahlaviy. U avvalgi Qojar sulolasini ag‘darib, hokimiyatni egallagan. 1979 yilda xalq noroziliklari va Ruhulloh Xumayniy boshchiligidagi Islom inqilobi tufayli hokimiyatdan ag‘darilgan va mamlakatni tark etgan.

Rizo Pahlaviy – Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning to‘ng‘ich o‘g‘li va Pahlaviy sulolasining merosxo‘ri hisoblanadi. U 1960 yil 31 oktyabrda Tehronda tug‘ilgan. Pahlaviy Eron monarxiyasi tugatilgach, 1979 yilgi Eron Islom inqilobi vaqtida mamlakatdan chiqib ketgan. U Eronda taqiqlangan Eron Milliy Kengashining asoschisi va rahbari sanaladi. Ayni paytda AQSHning Los-Anjeles shahrida istiqomat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron-Isroil Rizo Pahlaviy Muhammad Rizo Pahlaviy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing