Respublikadagi o‘qituvchilarning 60 mingi yoki 14%i oliy ma’lumotli emas – Shermatov
Jamiyat
−
04 iyul 2019 3105 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning qariyb 60 ming nafari oliy ma’lumotga ega emas. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov sohani malakali kadrlar bilan to‘ldirishga doir qismi haqida fikr yuritar ekan, bu boradagi ahvol aytarli darajada maqtanarli emasligini aytgan.
“Shunday taassurot uyg‘onadiki, ular xuddiki hech qayerda ish topolmagandan so‘ng “Men ham qayerdadir ishlashim kerak-ku”, deb maktabga kelgandek”, deydi Shermatov.
Ma’lum qilinishicha, konsepsiyaga 9 ta ustuvor yo‘nalish va 48 ta maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda bugungi kunga kelib jami 9691 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 444 788 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Bulardan 311 151 nafarini ayol, 131 253 nafari erkak o‘qituvchilar tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, respublika maktablaridagi o‘qituvchilarning 14 foizi oliy ma’lumotga ega emas.
Live
Barchasi