Respublika GAIga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
12:37 4709 1 daqiqa
Murodbek Otabekovich Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Murodbek Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Sherzod Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi