“Real” vingeri uchun PSJ ham kurashga qo‘shildi
Sport
−
25 yanvar 4601 1 daqiqa
PSJ Madridning “Real” klubi futbolchisi Rodrigoni sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Abdulloh Bulma o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar yozgi transferlar oynasida “qirollik klubi” vingeri Rodrigo Goesni sotib olishga harakat qiladi. Rodrigoning kelishini murabbiy Luis Enrike va klub rahbariyati xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi “Real Madrid” tarkibiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. 24 yoshli vinger joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi. Rodrigoning narxi “Transfermarkt” portalida 100 million yevroga baholangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr