“Real” va “Siti”dan keyin “Bayer” a’zosi uchun kurashga “Barselona” ham qo‘shildi
Sport
−
18 fevral 1535 1 daqiqa
“Bayer” yarim himoyachisi Florian Virsga Kataloniyaning “Barselona” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Transfermarkt” tomonidan bahosi 140 million yevroga baholangan 21 yoshli futbolchini Kataloniya grandi Jamol Musiala “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish uchun variant sifatida ko‘rmoqda
Ispaniya klubi prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku transfer ustida ish boshladi. Futbolchiga “Real” va “Manchester Siti” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Hatto “Real” va “Siti” Virs uchun Kataloniya klubidan jiddiyroq maosh taklif qilishlari mumkin.
Florian Virs joriy mavsumda klub miqyosida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Live
Barchasi