“Real” prezidentligiga nomzod jamoaga Kloppni olib kelishga va’da berdi
Sport
−
06 iyun 1531 1 daqiqa
“Real Madrid” prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme klubga Yurgen Kloppni taklif qilish niyati borligini rasman ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining saylov oldi dasturida aytib o‘tdi.
Rikelme o‘z bayonotida saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda, “Real Madrid” tarixida yangi bosqichni boshlash va taniqli futbol mutaxassislariga tayanishni rejalashtirayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovdan so‘ng darhol Raul Gonsales “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan bog‘lanib, unga klubning yangi sport loyihasini taqdim etadi.
Rikelme Kloppni zamonaviy futbolning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblashini ta’kidladi. Uning fikricha, nemis mutaxassisining yetakchilik fazilatlari, professionalizmi va yuqori natijalarga erishish qobiliyati uni jamoani boshqarish uchun munosib nomzodga aylantiradi.
Bayonotda, shuningdek, Raul kelajakdagi loyihaning muhim qismi sifatida ko‘rilayotgani va klubning sport tuzilmasida muhim vazifani bajarishi mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2023-2024 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, “Liverpul”ni tark etgan edi. Shundan buyon u bir necha bor yaqin kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytishni rejalashtirmayotganini ta’kidlab kelmoqda.
Live
Barchasi