“Real Madrid”ning sobiq murabbiyi Qatar termasi ustoziga aylandi (video)
Sport
−
01 may 4747 1 daqiqa
Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xulen Lopetegi Qatar terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Qatar futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
58 yoshli mutaxassis mamlakat bosh terma jamoasini Jahon chempionati saralashining oldindagi o‘yinlariga tayyorlaydi. Qatar terma jamoasini 5 iyun kuni o‘z uyida Eron, 10 iyun kuni safarda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bahslar kutib turibdi. Mundial saralashining 3-bosqich 8-turidan keyin qatarliklar “A” guruhida 10 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa 3-bosqichdayoq mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan, qatarliklar 4-bosqichda mundial chiptasini hal qilish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot uchun, Lopetegi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi, “Portu”, “Real”, “Sevilya” kabi klublarda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
Live
Barchasi