“Real Madrid” “Barselona” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida g‘alaba golini urgan Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

26 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Shuningdek, Ferran Torresga Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi ham qiziqish bildirayotgan edi. Jahon chempionati finalidan so‘ng Torresga qiziqqan jamoalar soni ko‘paydi. Futbolchining o‘zi esa hozircha “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas.

Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyati davomida Torres “Barselona” bilan uch marta Ispaniya chempioni, uch marta Ispaniya Superkubogi sohibi va bir marta Ispaniya Kubogi g‘olibi bo‘lgan.

Bundan tashqari, u “Valensiya” va “Manchester Siti” klublari safida ham to‘p surgan. “Manchester Siti” bilan Angliya chempionligi va Angliya Liga kubogini, “Valensiya” bilan esa Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Ispaniya terma jamoasi safida Ferran Torres 2023 yilgi Millatlar ligasi va 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u finaldagi goli evaziga 2026 yilgi Jahon chempionatda ham chempion bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing