Rasman: Ronaldu “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirdi (video)

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

40 yoshli hujumchi “Al-Nasr” bilan yangi shartnomaga imzo chekkan – u 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Saudiya klubi portugaliyalik yulduz ishtirokidagi videoni e’lon qilib, unga quyidagicha sarlavha qo‘ydi: “Tarix davom etadi”.

 “Al-Nasr abadiy”, deydi Ronalduning o‘zi videoda.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik megayulduz ushbu klubga 2023 yil yanvar oyida qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shunga qaramay, “Al-Nasr” ushbu mavsumda hech qanday sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Saudiya Pro-ligasida jamoa 70 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing