Rasman! Kerrik “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga tayinlandi

Sport

image
“Manchester Yunayted” rasman Maykl Kerrikni bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Qizil iblislar” matbuot xizmati Kerrik kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishini ma’lum qildi. U 2025 yilning yanvar oyidan beri ushbu lavozimda vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlagan edi.

OAVning xabarlariga ko‘ra, tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan. Maykl Kerrik joriy yilning 13 yanvar kuni Ruben Amorim ishdan bo‘shatilganidan so‘ng, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan edi. Uning bosh murabbiy sifatidagi dastlabki shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qilgan.

44 yoshli murabbiy qo‘l ostida mankunianliklar Angliya Premer-ligasidagi 15 ta o‘yinning 10 tasida g‘alaba qozonib, keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Ruben Amorim Maykl Kerrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing