Rasman! “Arsenal” Arteta bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

−

image

Angliyaning “Arsenal” klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv uzoq muddatga mo‘ljallangan. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, shartnoma 2030 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

44 yoshli Arteta 2019 yildan buyon “Arsenal”ni boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa 2025-2026 yilgi mavsumda 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Arteta qo‘l ostida “Arsenal” 2020 yilda Angliya Kubogi, shuningdek, 2020, 2023 va 2026 yillarda Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa 2025-2026 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finaliga ham yo‘l oldi, biroq hal qiluvchi bahsda “Pari Sen-Jermen”ga mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis “Arsenal”ga qo‘shilishidan avval Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Futbolchilik faoliyati davomida Arteta “Pari Sen-Jermen”, Shotlandiyaning “Reyndjers”, Ispaniyaning “Real Sosedad”, shuningdek, Angliyaning “Everton” va “Arsenal” klublarida to‘p tepgan.

“Arsenal” safida u ikki marta Angliya Kubogi va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. “Reyndjers” bilan esa Shotlandiya Premer-ligasi, Shotlandiya Kubogi va Shotlandiya Liga Kubogida chempion bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing