Ramazon Temirov UFC chempionligiga da’vogarlar qatoriga kiritildi
Sport
−
11:28 650 1 daqiqa
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov UFC yengil vazn toifasi chempioni Joshua Vangga qarshi navbatdagi jang uchun da’vogarlar qatoriga kiritildi. Bu haqda “UFC Europe” nashri xabar berdi.
Nashr UFC 331 turnirida braziliyalik Aleksandr Pantoja ustidan g‘alaba qozongan Vangning keyingi raqibiga bag‘ishlangan an’anaviy keyingi raqibni tanlashga bag‘ishlangan an’anaviy rukni e’lon qilindi.
Unda uchta ehtimoliy variant keltirilgan. Shulardan biri Loneyr Kavanag va Ramazon Temirov o‘rtasidagi bo‘lajak jang g‘olibi hisoblanadi. Qolgan ikki nomzod sifatida Manel Kape va Brendon Royval ko‘rsatilgan.
Temirov ertaga, 24 oktyabr kuni Kavanagga qarshi jang qiladi. Ayni vaqtda o‘zbekistonlik jangchi UFC’ning yengil vazn toifasidagi rasmiy reytingida yettinchi, Kavanag esa oltinchi o‘rinda bormoqda.
Temirov so‘nggi jangini joriy yilning 25 iyul kuni o‘tkazgan va unda Stiv Ersegni birinchi raundda nokautga uchratgan. Bu g‘alaba o‘zbekistonlik jangchining professional faoliyatidagi ketma-ket 12-g‘alabasi bo‘lgan.
Live
Barchasi