Raqobat qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
20 noyabr 2025 3589 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Ulug‘bek Bahodirovich Davlatov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Ulug‘bek Davlatov 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi. U 2011 yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Narpay tumaniga yangi hokim tayinlangandi.
Live
Barchasi