Raisiy Isroilning 2 shahrini vayron qilish bilan tahdid qildi

Olam

image

Kecha, 18 aprel kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Isroilning mamlakatga qarshi har qanday harbiy harakati uning Tel-Aviv va Hayfa shaharlarini vayron qilinishiga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda “Al Arabia” xabar berdi.

“Dushmanlar, xususan, sionistik rejim Eronga qarshi eng kichik harakati ham qurolli kuchlarimizning Hayfa va Tel-Avivni vayron qilishi kabi keskin javob choralariga sabab bo‘lishini tushundi”, degan Ibrohim Raisiy Eronda har yili bo‘ladigan armiya kuni munosabati bilan davlatya televideniyesi orqali jonli efirga uzatilgan marosimda.

Aytish joizki, Eron bir necha bor Isroilni Tehronning yadroviy inshootlari va olimlarini nishonga olgan hujumlarda ayblab keladi. O‘z o‘rnida, Isroil ham Eronni yadroviy qurol yaratishga urinishda ayblaydi, biroq Tehron buni rad etadi. Shuningdek, Isroil Eronning yadroviy dasturini cheklashda diplomatik sa’y-harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy choralar ko‘rishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Xususan, joriy yilning 17 aprel kuni Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen Xitoyni Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z ta’siridan foydalanishga chaqirgan va Isroil Eronning yadroviy qurolga ega davlatga aylanishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’kidlagan.

Ta’kidlash joizki, Xitoy ham a’zo bo‘lgan 2015 yilgi yadroviy kelishuvni jonlantirish harakatlari o‘tgan yildan beri to‘xtab qolgan. Kelishuv Eronning yadroviy dasturini qat’iy, ammo vaqtincha cheklash evaziga xalqaro sanksiyalardan ozod qilishni taklif qilardi. Kelishuv 2018 yilda sobiq prezident Donald Tramp davrida AQSH undan chiqib ketganidan keyin buzilgan.

Armiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Raisi AQSH askarlarini Yaqin Sharqni tark etishga ham chaqirgan.

“Armiyamiz va qurolli kuchlarimiz xorijiy kuchlarga, xususan, AQSH kuchlariga murojaati, mintaqani imkon qadar tezroq tark etishdir, chunki xorijiy kuchlarning mavjudligi mintaqa xavfsizligiga yordam bermaydi”, degan Eron Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ibrohim Raisiy Tel-Aviv Hayfa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing