Rafinya La Ligada avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Rafinya La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniya chempionatining rasmiy sayti xabar berishicha, braziliyalik futbolchi mavsum boshidagi samarali o‘yini evaziga ushbu individual sovringa sazovor bo‘lgan.

Joriy yilning avgust oyida Rafinya La Ligada uchta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, 2026-2027 yilgi mavsumda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 29 yoshli futbolchidan odatiy hujum qanotida emas, asosan markaziy hujumchi sifatida foydalanmoqda.

To‘rt turdan so‘ng braziliyalik hujumchi 6 ta gol va bitta assist bilan to‘purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda.

“Barselona” esa Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 4 ta turdan so‘ng maksimal 12 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing