Putin Ukrainaga qarshi urushni kuchaytirmoqchi – OAV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yaqin oylarda Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari va portlariga bergan so‘nggi dron zarbalari Putinning urushni davom ettirish borasidagi qarorini yanada mustahkamlagan. Ismi oshkor etilmagan manbalardan biri mojaroning yaqin oylarda keskinlashish ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

Qayd etilishicha, Putin Donbassning Ukraina nazoratida qolayotgan qismini egallashni urushdagi asosiy maqsad deb hisoblamoqda. Shuningdek, u Rossiya yaqin orada Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishiga ishonmoqda.

Mazkur ma’lumotlar AQSH Prezidenti Donald Trampning joriy yilning 7 iyul kuni Putin urushni tugatishni istayotgani va mojaroni hal qilish odamlar o‘ylagandan ham yaqinroq ekanini aytganidan so‘ng yangragan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Reuters”ga bergan izohida Rossiya mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini, biroq maxsus harbiy operatsiyani davom ettirish uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanini bildirgan.

Zelenskiy idorasining yuqori martabali vakili esa so‘nggi oylardagi razvedka ma’lumotlari Putinning tinchlik muzokaralariga emas, balki urushni kengaytirishga tayyorlanayotganini ko‘rsatayotganini aytgan. Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainada yangi harbiy operatsiyalar boshlashi yoki Yevropaning boshqa davlatlariga qarshi harakat qilishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya–Ukraina urushida hal qiluvchi bosqich endi havo maydonida kechayotganini aytib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing