Putin Ukraina bilan sulh e’lon qildi (video)

Olam

image

Bugun, 19 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan sulh e’lon qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Kreml saroyida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy Bosh qo‘mondon Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning front chizig‘idagi vaziyat haqidagi hisobotini tingladi va Rossiya tomoni 19 aprel soat 18:00 dan 21 aprel soat 00:00 gacha barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishini bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Rossiya barcha jangovar harakatlarni to‘xtatadi va “Ukraina tomoni ham bu tashabbusga amal qiladi”. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan mumkin bo‘lgan sulh buzilishlariga va boshqa “tajovuzkor harakatlarga” qarshi javob berishga tayyor bo‘ladi.

“Pasxa sulhiga oid qarorimiz Kiyev rejimining muzokaralarga tayyorligi va bitimlarga rioya qilishga bo‘lgan niyatini, haqiqatda bunday layoqati bor-yo‘qligini ko‘rsatadi”, dedi Putin.

Davlat rahbari, shuningdek, bayram arafasida nasroniy harbiylarni Pasxa bilan tabriklagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Pasxa sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing