Putin Rossiyadan naqd pul va oltin olib chiqishga cheklov qo‘ydi

Olam

image

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) davlatlariga jismoniy shaxslar 100 ming dollar ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd rubl olib chiqolmaydi. Bu haqda Prezident Vladimir Putinning farmoni e’lon qilindi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun esa bu cheklov summadan qat’i nazar amal qiladi. Faqatgina xalqaro aeroportlar orqali naqd pul olib chiqish ayrim hollarda istisno sifatida ko‘riladi.

Shuningdek, naqd pul olib chiqayotgan barcha shaxslar bankdan olingan mablag‘ ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart bo‘ladi.

2026 yil 1 maydan boshlab esa oltin olib chiqishga ham cheklov joriy etiladi. 100 grammdan og‘ir oltin quymalarni ittifoq davlatlariga faqat maxsus aeroportlar orqali va tegishli ruxsat bilan olib chiqish mumkin bo‘ladi. Jismoniy shaxslar uchun bu cheklov boshqa davlatlarga ham tatbiq etiladi.

Qayd etish joiz, Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin 10 ming dollardan ortiq xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqishni taqiqlagan edi. Rublni olib chiqish mumkin edi, ammo katta summalar deklaratsiya qilinishi talab etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya oltin naqd pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing