Putin Kimga minnatdorlik bildirdi
Olam
−
28 aprel 4853 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga va Shimoliy Koreyaning barcha rahbariyatiga Kursk viloyatidagi janglarda koreyalik jangchilarga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, KXDR harbiylari mamlakatga Ukraina armiyasining bostirib kirishini qaytarishda xalqaro huquqqa amal qilgan holda yordam bergan.
“Rossiya xalqi koreyalik maxsus kuchlar jangchilarining jasoratini hech qachon unutmaydi. Biz Rossiya uchun, umumiy ozodligimiz uchun jonini fido qilgan koreys qahramonlarini rossiyalik quroldosh birodarlar bilan bir qatorda doimo hurmat qilamiz”, degan Putin.
Rossiya yetakchisi,shuningdek, koreyalik harbiylarning yuksak tayyorgarligi va fidoyiligini alohida qayd etgan.
“Ular o‘z burchini sharaf va jasorat bilan ado etib, so‘nmas shon-shuhratga burkandi”, degan Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Rossiyaning Kursk yaqinida o‘tgan harbiy operatsiyada o‘z harbiylarining ishtirokini rasman tan olgan edi. KXDR yetakchisi Kim Chen In Shimoliy Koreya Qurolli kuchlarining bu operatsiyadagi ishtirokini “KXDR va Rossiya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va birdamlikni monolit tarzda mustahkamlash uchun muqaddas missiya” deb atagan. KXDR bayonotiga ko‘ra, ushbu harakatlar KXDR va Rossiya o‘rtasidagi “Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnomaning 4-moddasini amalda qo‘llashga mos keladi.
Live
Barchasi