Putin bolaligida kim bo‘lishni xohlaganini ma’lum qildi
Olam
−
01 Sentabr 2021
17074Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vladivostokdagi “Okean” Umumrossiya bolalar maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida u bolaligida kim bo‘lishni orzu qilganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Putin bolaligida dengizchi yoki uchuvchi bo‘lishini xohlagan. Bundan tashqari u razvedka hizmati xodimi bo‘lib ishlashni ham orzu qilgan va orzusiga yetgan.
“Ko‘p o‘g‘il bolalar singari, men ham birinchi bo‘lib dengizchi, keyin uchuvchi, keyin razvedka xizmati xodimi bo‘lishni xohlaganman va bu orzu amalga oshdi. Ba’zida men bular qanday sodir bo‘lganiga hayron qolaman. Chunki, xohlayman deyish bilan hamma narsaga erishib bo‘lmaydi. Lekin men orzuimga erishdim”, degan Vladimir Putin.
Avvalroq, Putin prezidentlikdan ketgach, ishlash uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini va “pechka ustida o‘tirishni” rejalashtirayotganini aytib hazillashgan edi.
Shuningdek, Vladimir Putin “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida vaqti kelganda Rossiyani kim boshqarishini aytishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Putin 1999 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilib keladi.
LiveBarchasi