Putin Belarusda dron zavodi qurmoqchi

Olam

image

Moskva va Minsk Belarus Respublikasida dron ishlab chiqaradigan zavodni birgalikda qurishga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 29 aprel kuni belaruslik Aleksandr Lukashenko bilan Volgograddagi uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

“Mutaxassislaringiz va tegishli laboratoriyangiz bilan birgalikda zavodga poydevor qo‘yishga tayyormiz”, dedi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari Belarus bilan o‘rta masofaga uchuvchi samolyotlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash istiqbollarini tilga olgan.

Mart oyi boshida Belarus davlat axborot agentligi BelTA xabar berishicha, Aleksandr Lukashenkoning Rossiya dronlari ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Rossiya tomoni Minskka Belarusda yiliga 100 ming donagacha quvvatga ega uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarish zavodini qurishni taklif qilgan.

“Belarusda joylashgan zavod to‘liq mahalliylashtirilgan bo‘lib, barcha texnologik kompetensiyalari bu yerga olib kelingan, ayni paytda Rossiya va boshqa mamlakatlardagi zavodlar bilan bir vaqtda yagona texnologik platformada ishlaydi (biz faqat Rossiya haqida gapirmayapmiz). Asosiy taklif – bir yil ichida yiliga 100 ming donagacha mahsulot ishlab chiqaradigan zavod qurish. Bu Rossiya tomonining taklifi”, degan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning uchuvchisiz havo tizimlari ishlab chiquvchisi bo‘lgan “Transport buduego” kompaniyasi bosh direktori Yuriy Kozarenko 28 aprel kuni “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining yalpi majlisida joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda fuqarolik dronlari ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Belarus' Aleksandr Lukashenko dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing