Pskovdagi o‘zbekistonlik talabalar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

Jamiyat

image

Rossiyaning Pskov davlat universitetining o‘zbekistonlik talabalari o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirishni so‘rab Prezidentga murojaat yo‘lladi. 

“Biz Pskov universiteti talabalarimiz. Ayni paytda biz ta’lim olayotgan Rossiya Federatsiyasi hududida urush oqibatida notinch vaziyat hukm surmoqda. Hozirgi kunda Pskov shahriga ham urush o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shaharda ogohlantiruvchi havo sirenalari chalinmoqda, chunki Pskov shahri ham chegaralar yaqinida joylashgan shahardir”, deydi murojaatchi talabalardan biri.

Shuningdek, ulardan biri kundan-kunga jiddiylashib borayotgan holat ularni va ota-onalarini xavotirga solayotganini aytgan.

“Shu sababli oliy ta’lim muassasalarida istisno tariqasida ta’lim jarayonlarini davom ettirishga amaliy yordam berishingizni so‘rab qolamiz”, deydi yana bir murojaatchi-talaba.

Avvalroq Qrim va Sevastopol hududlaridagi o‘zbekistonlik talabalarga ham istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing