Prezident Olimpiadasi ğoliblari uçun pul mukofotlari keskin oşiriladi (video)
Sport
−
19:02 975 2 daqiqa
Yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi ğolib va sovrindorlariga beriladigan pul mukofotlari 2,5 barobarga oşiriladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 oktyabr kuni Olimpiya şaharçasida bölib ötayotgan Prezident Olimpiadasining oçiliş marosimida ma’lum qildi.
Yangi tartibga köra, birinçi örin sohiblariga 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin egalariga esa 6 million söm mukofot puli beriladi.
Şuningdek, Olimpiadada ğolib bölib, Özbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvçilari oliy ta’lim muassasalarining sport yönalişlariga imtihonlarsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Bundan taşqari, kelasi yildan Prezident Olimpiadasi ğoliblariga bir yil davomida stipendiya tölaş yölga qöyiladi.
Prezident Olimpiadasi dasturidagi sport turlari soni 35 taga yetkaziladi. Şuningdek, iştirokçilarning yoş toifasi kengaytirilib, musobaqa 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan öquvçilar örtasida ötkaziladi.
Har yili olimpiada ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro öquv-maşğulot yiğinlariga yuboriladi. Kelasi yildan esa ğoliblarga bir yillik stipendiya beriş boşlanadi.
Bundan taşqari, öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Şuningdek, poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyi Olimpiya şaharçasiga köçiriladi.
Ma’lumot uçun, Prezident Olimpiadasi mamlakatda ilk bor 2025 yilda taşkil etilgan va har yili ötkazilişi belgilangan.
Live
Barchasi