Prezident banklarning mahallalardagi ishidan mutlaqo norozi ekanini aytdi
Jamiyat
−
15:10 2730 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev banklarning mahallalardagi ishidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi. Bu haqda davlat rahbari bugun, 21 iyul kuni joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev banklarning mahalladagi ishidan mutlaqo norozi ekanini aytgan va shu bois, Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlarining faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirgan.
Qayd etilishicha, viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun bu yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi. Keyingi uch oyda natija qilgan rahbar ishida qoladi, o‘zgarish qilmagani esa lavozimini tark etadi.
Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada qanday ish ketayotgani, qanday o‘zgarish bo‘layotganini nazorat qilish vazifasi qo‘yilgan.
Shu bilan birga, mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati va hovlilar bilan ishlash masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqilgan. Hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligi qayd etilgan.
Live
Barchasi