Prezident haydovchilar va obodonlashtirish xodimlariga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev obodonlashtirish xodimlariga, haydovchilarga, poytaxt ahli va mehmonlariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ayni kunlarda O‘zbekistonda 102 ta davlat hamda 30 ga yaqin xalqaro tashkilotlardan kelgan delegatsiyalar mehmon bo‘lib turibdi.

“Yo‘l harakati nuqtayi nazaridan poytaxt yo‘llarida turli qiyinchiliklar va noqulayliklar yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin xalqimiz, ayniqsa, haydovchilarimiz va shahar ahli ushbu yirik tadbirlarning ahamiyatini to‘g‘ri tushunib, yuksak madaniyat ko‘rsatishmoqda.

Fursatdan foydalanib, obodonlashtirishda mehnat qilayotgan barcha opa-singillarimiz va aka-ukalarimizga, haydovchilarimizga, butun Toshkent ahli hamda mehmonlariga hurmatli Prezidentimizning minnatdorliklarini yetkazmoqchiman”, deydi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 16-18 iyun kunlari Toshkentda mamlakatning asosiy investitsiya platformasi va mintaqadagi eng yirik ishbilarmonlik forumlaridan biri bo‘lgan beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ko‘plab xorijiy davlat delegatsiyalari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing