Portugaliya JCH saralash bahslari oldidan 2 futbolchisini yo‘qotdi
Sport
−
10 noyabr 2025 1953 2 daqiqa
Portugaliya terma jamoasining jahon chempionati saralash bosqichida hal qiluvchi ikki uchrashuvi – Irlandiya va Armanistonga qarshi o‘yinlarda ikki asosiy hujumchisi jarohat oldi. Pedru Netu va Pedru Gonsalvesh jarohat tufayli terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Pedru Netuning safdan chiqishi “Chelsi” tibbiy jamoasi va FFP salomatlik bo‘limi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilingan. Futbolchining jismoniy holati inobatga olingan holda, Netu UEFA Chempionlar ligasidagi “Qorabog‘”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi, biroq Premer-liga doirasida “Bo‘rilar”ga qarshi maydonga tushgan. Shu bilan birga, u hali to‘liq tiklanmagan.
Pedru Gonsalvesh esa joriy yilning 8 noyabr kuni “Sporting”ning “Santa-Klara”ga qarshi o‘yinida jarohat olgan. FFP ma’lumotlariga ko‘ra, u terma jamoa yig‘iniga qo‘shilgan, biroq tibbiy ko‘riklardan so‘ng futbolchining terma jamoaga yordam bera olmasligi aniq bo‘lgan.
Shu sababli, bosh murabbiy Roberto Martinez Jahon chempionati saralash bosqichi uchun yig‘inga chaqirilgan 26 nafar futbolchilar ro‘yxatini 24 ga qisqartildi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi joriy yilning 14 noyabrga o‘tar kechasi Irlandiya bilan va 16 noyabr kuni Armaniston bilan mundial yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Live
Barchasi