Pokiston va Afg‘oniston sulhni uzaytirishga kelishib oldi – OAV

Olam

image
Pokiston va Afg‘oniston urush yoqasida: ziddiyatning sabablari, buguni va tarixi north_east

Pokiston va Afg‘oniston urush yoqasida: ziddiyatning sabablari, buguni va tarixi

Bugun, 17 oktyabr kuni Pokiston va Afg‘oniston o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrga ma’lumotni Pokiston xavfsizlik xizmatlaridagi uchta manba hamda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bilan bog‘liq bitta manba tasdiqlagan.

“Bugun, 17 oktyabr kuni Pokiston va Afg‘oniston Dohada bo‘lib o‘tadigan rejalashtirilgan uchrashuvlar yakunigacha 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini uzaytirishga rozi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Pokiston delegatsiyasi allaqachon Dohaga yetib borgan, Afg‘oniston vakillarining Qatarning poytaxtiga kelishi esa ertaga, 18 oktyabr kuni kutilmoqda.

Qayd etish joiz, o‘tgan hafta oxirida mojaroli va bahsli chegara hududida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda o‘nlab odamlarning halok bo‘lishi zaif tinchlikni parchalab tashladi – bu 2021 yilda “Tolibon” Qobulda hokimiyatga kelganidan beri ikki davlat o‘rtasidagi eng dahshatli to‘qnashuv hisoblanadi.

Ilgaridan bir-biriga do‘st bo‘lgan bu davlatlar orasidagi so‘nggi keskinlik Pokistonning Afg‘onistondagi “Tolibon” ma’muriyatidan Pokistonga hujumlarni kuchaytirgan jangari guruhlarni tiyishni talab qilganidan keyin boshlandi. Pokistonga ko‘ra, bu guruhlar Afg‘oniston hududidagi xavfsiz panohgohlardan foydalanmoqda.

“Tolibon” esa bu ayblovlarni rad etmoqda va Pokiston armiyasini Afg‘oniston haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda, chegarada taranglik keltirib chiqarishda va mamlakat barqarorligi hamda suverenitetini izdan chiqarish maqsadida ISHID bilan bog‘liq jangarilarga panoh berayotganlikda ayblamoqda. Pokiston armiyasi esa bu da’volarni inkor etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Afg‘oniston havo hujumlari va quruqlikdagi to‘qnashuvlar keskinlashganidan so‘ng, Janubiy Osiyodagi bu qo‘shni davlatlar orasidagi taranglik kuchayib, o‘ndan ortiq fuqaro halok bo‘lgani va 100 ga yaqin kishi yaralangandan keyin 48 soatlik otashkesim to‘g‘risida kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing