Pirloni Italiya terma jamoasiga tayinlash jarayoni to‘xtatildi

Sport

image

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) rahbariyati Andrea Pirloni milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash jarayonini to‘xtatdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Pirloning tayinlanishi yuzasidan bugun, 27 iyulga rejalashtirilgan uchrashuvlar o‘tkazilmaydi. Italiya futbol federatsiyasi ishtirokida yakunlanishi kerak bo‘lgan tashkiliy jarayon ham to‘xtatilgan.

Avvalroq, 47 yoshli mutaxassis terma jamoani boshqarishga rozilik bergani va yaqin kunlarda shartnoma imzolashi kutilayotgani xabar qilingandi. Biroq uning Rossiya bilan biznes aloqalari borligi sababli nomzodi yuzasidan yangi savollar paydo bo‘ldi.

Pirloning o‘zi bergan bayonotida siyosatga aloqadorligini rad etib, Rossiya tomoni bilan faqat ish yuzasidan munosabatda bo‘lganini ta’kidladi.

May oyi oxirida Pirlo Moskvada bukmekerlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan reklama tadbirida ishtirok etgan. Mutaxassis mazkur tashkilot bilan rasman hamkorlik qilib kelmoqda.

U Italiya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib rasman tayinlangan taqdirda, kompaniya bilan tuzilgan shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinishi kerak edi. Biroq FIGC vaziyatni yanada batafsil o‘rganishga qaror qildi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing