Pikaks tog‘ini yo‘q qilamiz. Eron tayyor tursin – Tramp
Olam
−
14 iyul 8197 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp yaqin orada AQSH Erondagi Pikaks tog‘iga zarba berishini ma’lum qilib, Vashington Eronga qarshi kuchli hujumlarni davom ettirishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Trampning aytishicha, AQSH ushbu ob’ektni doimiy kuzatib bormoqda va Eronning yadro dasturiga oid har qanday faoliyatga keskin javob qaytarishda davom etadi.
“Biz Pikaks tog‘ini yo‘q qilamiz. Eronliklarga tayyor turishlarini ayting”, degan Tramp Hugh Hewitt Show dasturiga bergan intervyusida.
Manbaning yozishicha, Pikaks tog‘i Eronning jiddiy zarar ko‘rgan Natanz uranni boyitish inshooti yaqinida joylashgan. Tog‘ ichida ikkita chuqur yerosti tunnel majmuasi mavjud. Mutaxassislar ushbu ob’ekt AQSH ixtiyoridagi eng kuchli bunkerga qarshi bombalar zarbasiga ham bardosh bera olishini aytmoqda.
“Biz u yerni diqqat bilan kuzatyapmiz. Har safar u yerda biror faoliyat haqida eshitsak, uni portlatamiz. Shuning uchun ular bu haqda gapirishni yoqtirishmaydi. Ular yadroviy vaziyat bilan yaxshi ishlamayapti. Lekin biz, ehtimol, yaqin orada Pikaksga ham zarba beramiz”, degan Tramp.
U, shuningdek, AQSH Fors ko‘rfazida Eron kemalariga nisbatan blokadani qayta tiklagani va Hormuz bo‘g‘ozi ochiq qolishini ta’minlashini ham bildirgan.
“Biz ularga bugun kechasi ham, ertaga ham juda qattiq zarba beramiz. Va ular bunga qarshi hech narsa qila olmaydi”, degan AQSH Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 iyul kuni tunda AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik kuchayishi ortidan Eronga qarshi yangi hujumlar boshlagan edi.
Live
Barchasi