Peskov Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvini tasdiqladi
Olam
−
21 iyul 4972 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kuzda Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan Xitoyga tashrif buyursa, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkin. Buni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
U Rossiya rahbarining 2025 yilning sentyabr oyi boshida Xitoyga tashrifi reja bo‘yicha ketayotganini va hozirda tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi.
“Ammo biz Prezident Tramp ham u yerga, Pekinga ketayotganini eshitmadik. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, u yerga borib qolsa, albatta, uchrashuv o‘tkazish maqsadga muvofiqligi masalasi ko‘tarilishini ham inkor etib bo‘lmaydi”, dedi Peskov.
Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Pekinda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurash urushi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Paradda Xitoy o‘z arsenalidagi o‘zi ishlab chiqargan uskunalarini namoyish etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning “The Times” gazetasi AQSH Prezidenti Donald Tramp sentyabr oyi boshida Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Pekinga taklif qilinishi mumkinligi haqida yozgandi. Nashrning yozishicha, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qator savdo bitimlari Trampni Pekinga nisbatan dushmanlik yo‘lini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan, bu esa Amerika yetakchisining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi sharafiga Xitoy poytaxtiga harbiy paradga taklif qilinishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘lgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr