Peshku hokimi Botir Zaripovga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
10:56 1949 1 daqiqa
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Hayot Hasanovich Davlatov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hayot Davlatov 1979 yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006 yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – menejment, iqtisodchi.
U ish faoliyatini Buxoro viloyati monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida oddiy nazoratchi sifatida boshlab, Buxoro viloyati hokimligi iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Buxoro viloyati qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazi direktori, Buxoro viloyati investitsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i, Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, u 2021–2024 yillarda Kogon shahar hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. 2024 yildan ayni vaqtga qadar Peshku tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlangandi.
Live
Barchasi