Pentagon xodimlarini qisqartirmoqchi

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi “samaradorlikni oshirish” va AQSH Prezidenti Donald Trampning ustuvor yo‘nalishlariga “qayta e’tibor qaratish” hamda kuchlar tayyorgarligini tiklash uchun fuqarolik ishchi kuchini 5-8 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pentagon bayonot berdi.

Hozirda vazirlik sinov muddatida bo‘lgan xodimlarni “qayta baholash”dan o‘tkazmoqda. Pentagon rahbari Pit Xegset kecha, 21 fevral kuni bu haqda gapirgan edi. Bayonotda aytilishicha, 5400 ga yaqin sinov muddatidagi ishchilar kelasi haftadan boshlab “dastlabki harakatlar doirasida” ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda. Pentagon xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rib chiqayotganda ishga qabul qilishni to‘xtatdi.

“Xegset ta’kidlaganidek, hissasi muhim bo‘lmagan xodimlarni saqlab qolish shunchaki jamoat manfaatlariga mos kelmaydi. Soliq to‘lovchilar keraksiz xodimlarni qayerda qisqartirishimiz mumkinligini bilish uchun ishchi kuchimizni yuqoridan pastgacha sinchiklab ko‘rib chiqishga loyiqdir”, degan Mudofaa vazirining kadrlar va tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Darin Selnik.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytib kelgach, davlat xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshladi. Xususan, shu maqsadda tadbirkor Ilon Mask rahbarlik qiladigan Hukumat samaradorligi departamenti tashkil etildi. Hukumat idoralarida, jumladan huquq-tartibot idoralarida ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi.

“The Washington Post” gazetasining bir kun oldin xabar berishicha, Xegset 24 fevralgacha Pentagon byudjetini keyingi besh yil davomida har yili 8 foizga qisqartirish rejasini ishlab chiqishni buyurgan.

Pentagonning yuqori martabali amaldori gazetaga bergan intervyusida tejalgan pullar “Amerika uchun temir gumbaz” kabi yangi ma’muriyat ustuvorliklarini to‘lash uchun “qayta ajratilishi” mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar reja amalga oshirilsa, kelasi yil bu soha uchun byudjetning 50 milliard dollar mablag‘i tejalishi mumkin.

2025 yilda Pentagonning byudjeti taxminan 850 milliard dollarni tashkil etadi. O‘tgan yilning 1 oktyabr kuni boshlangan moliyaviy yil uchun u 895 milliard dollar miqdorida tasdiqlandi, bu esa mamlakat uchun rekord hisoblanadi. Byudjetga o‘tgan yilga nisbatan 9 milliard dollar ko‘p kiritilgan. USA Today gazetasining Byudjet va siyosat ustuvorliklari markaziga tayanib xabar berishicha, AQSH Mudofaa vazirligining joriy yil uchun byudjeti 872 milliard dollarni tashkil etadi. Bu AQSH federal byudjetining 13 foizga to‘g‘ri keladi va dunyodagi barcha mamlakatlarning mudofaa xarajatlari eng yuqori ko‘rsatkichidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp yangi tashkil etilgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskka ta’lim va harbiy sohaga sarflangan mablag‘larni qayta ko‘rib chiqishni topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Pentagon Pit Xegset

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing