Pelening 1958 yilgi formasi 4,88 mln dollarga sotildi

Sport

image

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Pelening 1958 yilgi Jahon chempionati finalida kiygan formasi kimoshdi savdosida 4,88 million dollarga sotildi. Bu haqda Sotheby’s auksion uyi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘sha final bahsida Pele ikki marta gol urib, Braziliyaga tarixdagi ilk Jahon chempionligiga erishishida hal qiluvchi hissa qo‘shgan. Shvetsiyada o‘tkazilgan finalda braziliyaliklar mezbonlar jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etgan.

Shu tariqa, Pele o‘zining ilk Jahon chempionligiga ega chiqqan. Keyinchalik u yana ikki bor mundial g‘olibi bo‘lib, jami uch marta Jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan tarixdagi yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda.

Pele shu o‘yindagi goli orqali Jahon chempionati finalida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida ham tarixga kirgan. U final kuni 17 yoshu 249 kunlik bo‘lgan va ushbu rekord hozirgacha yangilanmagan.

Ma’lumot uchun, futbolka sotuvi bo‘yicha mutlaq rekord 9,3 million dollarni tashkil etadi. Bu natija 2022 yilda Diyego Maradonaning 1986 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi bahsda kiygan futbolkasi sotilganda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing