Pasxa sulhi tugashi bilan Rossiya hujumni qayta boshladi

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari Prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan Pasxa sulhi tugashi bilan jangovar harakatlarni qayta boshladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Rasmiy axborotga ko‘ra, kelishuv davrida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan sulh shartlarini 4,9 ming marta buzish holatlari qayd etilgan. Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qilgan va ilgari egallab olingan marralar va pozitsiyalarda qolgan.

Vazirlik ma’lumotlariga qaraganda, kelishuvda Ukraina Qurolli kuchlari oltita hujumga urinishni amalga oshirgan. Ular Donetskning Suxaya Balka, Bogatir, Pershe-Travnya, Belogorovka va Tarasovka aholi punktlari hududlarida, shuningdek, Kursk viloyatining Oleshnya tumanida amalga oshirilgan.

“Sulh davomida Ukraina Qurolli kuchlari 90 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan, ulardan sakkiztasi harbiy operatsiya zonasidan tashqarida. O‘tgan kun davomida Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari 104 ta dronni urib tushirdi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin armiyaga 19 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 18:00 dan 21 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 00:00 gacha harbiy operatsiya zonasidagi barcha jangovar harakatlarni to‘xtatishni buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani Pasxa sulhini buzganlikda ayblab, Moskvani sulhni uzaytirishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi ikki ming martadan ortiq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan, biroq havo tahdidi signali 20 aprel kuni bir marta ham yangramagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Pasxa sulhi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing