Pashinyan Putin va Aliyev bilan uchrashuvda harbiy asirlar masalasini ko‘taradi
Olam
−
10 yanvar 2021 5208 1 daqiqa
Armaniston tomoni 11 yanvar kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevlarning uchrashuvida harbiy asirlarni qaytarish, halok bo‘lgan xizmatchilarning jasadlarini qidirish, shuningdek bedarak yo‘qolganlarning taqdiriga oydinlik kiritish masalalarini ko‘tarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri matbuot kotibi Mane Gevorgyan o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
“Armaniston tomoni uchun mahbuslarni qaytarish, ozarbayjonlarning ortida bo‘lgan askarlarimiz bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv ishlari, o‘liklarning jasadlarini qidirish, bedarak yo‘qolganlarning taqdiri kabi masalalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Armaniston tomoni ushbu masalalarni muhokama qilishni Moskva uchrashuvining muhim mavzularidan biri deb biladi”, deya ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyidan Ozarbayjon va Armaniston Rossiya tinchlikparvar kuchlari ishtirokida o‘zaro asirlar almashtirishni boshlagan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025