Pashinyan Makronga Aliyev bilan favqulodda muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon suhbatida Armaniston va Ozarbayjon chegarasida kuchayib borayotgan keskinlikni muhokama qildi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Yelisey saroyiga tayanib, AFP xabar berdi.

“Suhbat Ozarbayjon tomonidan Armaniston bilan chegarada va Qorabog‘ yaqinida harbiy resurslar to‘plangani haqidagi xavotirli xabarlar kontekstida bo‘ldi. Makron Qorabog‘dagi gumanitar inqirozni hal qilish hamda mojaroni xalqaro huquq normalariga muvofiq va faqat diplomatik yo‘llar bilan adolatli va doimiyga hal etish tarafdori ekanini bildirdi”, deyiladi Yelisey saroyi bayonotida.

Pashinyan esa chegaradagi vaziyatni yumshatish bo‘yicha Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan zudlik bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh vazir Nikol Pashinyan Ozarbayjon Armaniston bilan chegarada qo‘shinlar to‘plaganini da’vo qilgandi. Baku esa uning bayonotlarini rad etib, Armaniston Ozarbayjon bilan chegarada ishchi kuchi va harbiy texnikani jamlayotganini e’lon qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Armaniston “ochiqdan-ochiq yangi xandaklar qazib, istehkomlar qurmoqda”. Qorabog‘ atrofida vaziyat keskinlashgani haqidagi bayonotlar fonida Yerevan AQSH bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston Emmanuel' Makron Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing