Parkentdagi transformator nimstansiyasida yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Parkent tumani “Quyoshli” MFYda joylashgan transformator nimstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 19 mart kuni soat 16:10 da Toshkent viloyati Parkent tumani “Quyosh” MFYda ochiq maydonda joylashgan transformator nimstansiyasida moy mahsuloti yongan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:27 da yetib borib, soat 16:35 da yong‘in to‘liq qurshab olingan va xavfni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing