Paredes o‘yindan so‘ng janjal chiqardi

Sport

image

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes 2026 yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng Ispaniya futbolchilari bilan janjallashib qoldi.

Uchrashuv qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa ispaniyaliklar o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘yindan keyin Paredes avval himoyachi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushlab, so‘ng yarim himoyachi Gavini itarib yubordi. Voqeadan keyin Argentina terma jamoasi futbolchilari uni tinchlantirishga harakat qildi.

Final uchrashuvi AQSHning Nyu-Jersi shtati, Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yindagi yagona golni Ferran Torres 106-daqiqada kiritdi. Ana shu gol Ispaniyaga g‘alaba va 2026 yilgi Jahon chempionati bosh sovrinini taqdim etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing