Paralimpiada-2024: O‘zbekistonlik para o‘q otuvchi delegatsiya hisobiga 15-medalni qo‘shdi
Sport
−
04 sentabr 2024 13128 1 daqiqa
Paralimpiada bahslarining para o‘q otish turida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Server Ibragimov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
50 metrga to‘pponchadan otish dasturida Ibragimov 215,3 ochko jamg‘ardi. Mazkur dasturda oltin medal xitoylik Chao Yangga, bronza medal esa italiyalik David Frankechettiga nasib etdi.
Ibragimovning natijasidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 15 taga ko‘paydi. Hozirga kelib, o‘zbekistonlik para atletlar 6 ta oltin, 5 ta kumush va 4 bronza medali jamg‘ardi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust