“Paxtakor” yana bir legioner bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
26 iyul 2022 7864 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” klubi polshalik futbolchi Pshemislav Banashak bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Paxtakor” bilan shartnoma imzolaguniga qadar, Banashak Lenchnaning “Gurnik” klubida o‘ynab kelgan. O‘tgan mavsumda Banashak “Gurnik” bilan Polsha yuqori divizionida ishtirok etgan. So‘nggi uch mavsumda 25 yoshli futbolchi “Gurnik” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, hujumchi faoliyati davomida “Chelmianka” va “Vidzev” klublari safida ham to‘p tepgan.
Ta’kidlash keraki, Banashak “Paxtakor”da o‘ynaydigan ilk polshalik futbolchiga aylanadi. Bungacha “sherlar” tarkibida hech qachon polshalik futbolchi bo‘lmagan.
Avvalroq, “Paxtakor” chernogoriyalik himoyachi Iliya Martinovichni o‘z safiga qo‘shib olgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, “sherlar” joriy mavsumda Superligada 12 ta uchrashuvdan keyin 23 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025