Ozorbayjon jamoasi Shukurovni sotib olmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Sport

−

image

Ozarbayjonning “Turan Tovuz” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Sport24.az” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon klubi 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan. Shukurov BAAning “Bani Yas” klubini tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan va “Turan Tovuz” ushbu vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan. Biroq tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan.

Ma’lumot uchun, Otabek Shukurov 2026 yildagi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining uchala uchrashuvida ham maydonga tushgan. O‘tgan mavsumda esa u “Bani Yas” safida 21 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shukurov joriy yilning oktyabr oyi boshida Serbiyaning “Radnik” klubi bilan shartnoma imzoladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 1,5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing