Ozodbek Nazarbekov ochiq muloqot o‘tkazadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan, madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha soha vakillari, faol ijodkorlar, tadbirkorlar va izlanuvchan yoshlar bilan Prezident Administratsiyasi vakillari, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida alohida tasdiqlangan jadval asosida 2026 yilning 20-25 aprel kunlari ochiq muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqotlar kino va animatsiya, akademik va an’anaviy ijrochilik, estrada va raqs, adabiy ijod, kompozitorlar va bastakorlar, teatr va sirk, xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik va stendap, bloger, inflyuyenser, vaynerlar, moddiy madaniy meros, arxeologiya va muzeylar, tasviriy va amaliy san’at hamda hunarmandchilik, madaniyat va san’at ta’limi, bolalar kontenti kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Ochiq muloqotlar davomida sohadagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinishi, amaliy taklif va tashabbuslar qabul qilinishi, madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oyalar ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Eng dolzarb va amaliy ahamiyatga ega takliflar mualliflari Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishga taklif etiladi.

“Barcha fuqarolarni, ijodkorlar, soha mutaxassislari, tadbirkorlar hamda tashabbuskor yoshlarni mazkur ochiq muloqotlarda faol ishtirok etishga, o‘z taklif va g‘oyalari bilan qatnashishga chorlaymiz!” deyiladi xabarda.

Joylar chegaralanganligi sababli, oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur bo‘ladi. Quyidagi bot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: @mvochiqmuloqotbot

Bot orqali ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun quyidagi jadval asosida uchrashuvlar amalga oshirilishi rejlashtirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bot orqali ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar uchrashuvga kiritilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov ochiq muloqot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing