Ozarbayjon Makronning Bakuga bosim haqidagi gaplaridan norozi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Marselda arman jamiyati bilan uchrashuvdagi bayonotlari munosabati bilan Fransiyaning Bakudagi elchisi Ann Boillonga norozilik bildirdi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni diplomatik manbaga tayanib, “Trend” agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiya elchisi Prezident Makronning Baku va Yerevan o‘rtasidagi muzokaralar bilan bog‘liq “Ozarbayjonga bosim” haqidagi bayonotlari yuzasidan tushuntirishlar olish uchun Ozarbayjon TIVga chaqirilgan. Ann Boillon bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

"30 iyun kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Boillon Tashqi ishlar vazirligidan chaqirildi. Yig‘ilishda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Marseldagi arman jamiyati bilan uchrashuvida Ozarbayjonga qarshi bildirgan, Armanistonni bir tomonlama himoya qilgan va haqiqatni aks ettirmagan bayonotlari munosabati bilan elchiga norozilik bildirildi, Fransiya tomonidan bu borada tushuntirishlar talab qilindi”, deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.

Shuningdek, Ozarbayjon tomoni Makronga ishora qilib, aytilayotgan bunday “xolis” bayonotlar nafaqat mintaqada tinchlik va osoyishtalikka to‘sqinlik qilishi, balki separatizm, terrorizmni rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchilarning buzg‘unchi faoliyatini kengaytirishga ham xizmat qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyun kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Marseldagi arman jamiyati bilan uchrashuvda Armaniston bilan munosabatlarni hal qilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga ko‘proq bosim o‘tkazishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing